Kirish Ro'yxatdan o'tish

MLS. Messining goli va ikkita assisti «Inter Mayami»ga «Toronto» ustidan g‘alaba taqdim etdi

MLS. Messining goli va ikkita assisti «Inter Mayami»ga «Toronto» ustidan g‘alaba taqdim etdi

Baho:
+ | -

MLS muntazam chempionati doirasida «Inter Mayami» safarda «Toronto» mehmoni bo‘ldi. Qiziqarli va gollarga boy kechgan bahs floridaliklarning 4:2 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mehmonlar safida Lionel Messi haqiqiy shou namoyish etdi: 38 yoshli argentinalik yulduz o‘z hisobiga bitta gol va ikkita golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Bu Messi uchun faoliyatidagi 907-gol sifatida qayd etildi. Shuningdek, «Inter Mayami»ning qolgan gollariga Rodrigo de Paul, Luis Suares va Serxio Regilon mualliflik qilishdi. Mezbonlar safida Emilio Aristasabal dubl qayd etdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Inter Mayami» ochkolari sonini 22 taga yetkazib, Sharqiy konferensiya turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Toronto» esa 14 ochko bilan sakkizinchi pog‘onada qolmoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:34, 10.05.2026.
O'qildi: 1236 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик