Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fransiyada Elitaga chiqish va quyi ligaga tushish belgilanadigan bahsda janjal chiqdi

Fransiyada Elitaga chiqish va quyi ligaga tushish belgilanadigan bahsda janjal chiqdi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha Fransiya ikkinchi divizioni doirasidagi «Bastiya» va «Le-Man» jamoalari o‘rtasidagi bahs tribunalardagi tartibsizliklar tufayli hakam tomonidan to‘xtatildi.

Bastiya shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning qo‘shib berilgan daqiqalarida, hisob «Le-Man» foydasiga 2:0 ko‘rinishiga kelgach, mahalliy muxlislar maydonga turli buyumlar, jumladan, petardalar uloqtirishni boshlagan. Vaziyat keskinlashgani sababli o‘yinni davom ettirish imkoni bo‘lmagan.

Ma’lumot uchun, ushbu uchrashuv ikki jamoa taqdiri uchun ham o‘ta muhim ahamiyatga ega edi. G‘alaba «Le-Man»ga mamlakat yuqori divizioni — Liga 1 yo‘llanmasini taqdim etsa, «Bastiya» mag‘lubiyat tufayli uchinchi divizionga tushib ketishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Trua» jamoasi 67 ochko bilan muddatidan oldin Liga 1 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Jamoa oxirgi marta 2022/23 yilgi mavsumda elitada ishtirok etgan.

Kiritildi: 05:04, 10.05.2026.
O'qildi: 565 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик