Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Gvardiola: «Muvaffaqiyatsizlikka to‘g‘ri munosabatda bo‘lish muhim»

Gvardiola: «Muvaffaqiyatsizlikka to‘g‘ri munosabatda bo‘lish muhim»

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 35-turi doirasida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Brentford»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondni.

Uchrashuvdagi barcha gollar ikkinchi bo‘limda kiritildi. Jeremi Doku (60-daqiqa), Erling Xoland (75) va Omar Marmush (90+2) tomonidan kiritilgan to‘plar mezbonlarga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

«O‘tgan turda «Everton»ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqargan edik, lekin bu — futbol. Muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng to‘g‘ri xulosa chiqarib, munosabat bildirish juda muhim. Bugun Mark Gexi va Natan Ake o‘zlarini juda yaxshi ko‘rsatishdi. Men jamoam o‘yinidan mamnunman», — deya bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning so‘zlarini keltirmoqda City Report.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Manchester Siti» 35 turdan keyin turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam «Arsenal»dan ikki ochkoga ortda qolmoqda.

Kiritildi: 05:33, 10.05.2026.
O'qildi: 460 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик