Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Atletiko» Alvaresni qo‘yib yubormoqchi emas, lekin...

«Atletiko» Alvaresni qo‘yib yubormoqchi emas, lekin...

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Jurnalist Pedro Fulyananing ma’lumotiga ko‘ra, garchi «matraschilar» argentinalik futbolchi bilan xayrlashishni istamayotgan bo‘lsa-da, o‘yinchining vakillari allaqachon yangi transfer ustida ish boshlashgan.

Hozirda 26 yoshli hujumchi uchun asosiy da’vogar «Barselona» bo‘lib turibdi. Kataloniya klubi bilan dastlabki aloqalar o‘rnatilgani aytilmoqda. Shuningdek, Chempionlar ligasi finalchilari — «Arsenal» va «PSJ» ham futbolchining holatini kuzatib bormoqda. Biroq hozircha birorta klub bilan rasmiy muzokaralar boshlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Xulian Alvaresning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali hujumchining transfer qiymatini 90 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 05:40, 10.05.2026.
O'qildi: 1292 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик