Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Doku: «Birinchi goldan keyin o‘yinimiz ochilib ketdi»

Doku: «Birinchi goldan keyin o‘yinimiz ochilib ketdi»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» vingeri Jeremi Doku Angliya Premyer-ligasi doirasida «Brentford» ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan (3:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu uchrashuvning 60-daqiqasida aynan Doku hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgan edi.

«Hisob 0:0 bo‘lib turgan vaqtda, standart vaziyatlarda juda xavfli bo‘lgan bunday jamoaga qarshi tezroq gol urishimiz shartligini his qilayotgan edik. Birinchi golni kiritganimizdan so‘ng bizda ko‘proq bo‘sh hududlar paydo bo‘ldi va keyin ikkinchi to‘pni ham kiritdik. Biz yengillik va quvonchni his qildik, chunki bizga gollar kerakligini yaxshi tushunib turgandik», — deydi Doku BBC nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, belgiyalik futbolchi Omar Marmushning goliga ham to‘xtalib o‘tdi:

«Marmush uchun juda xursandman. U mashg‘ulotlarda qattiq va tinimsiz mehnat qildi. Uning goli mana shu mehnatlari uchun munosib mukofot bo‘ldi».

Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» navbatdagi uchrashuvini 13 may kuni «Kristal Pelas» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 07:48, 10.05.2026.
O'qildi: 477 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик