«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo futbol maydonidagi nafislikni eng yaxshi ifoda etgan o‘yinchi kimligi haqidagi savolga javob berdi.
«Bu borada xayolimga keladigan birinchi ism — Zinedin Zidan. Ehtimol, mening bu gaplarimdan Marko Materassi norozi bo‘lar, ammo Zidanning o‘yinini kuzatish — bu shunchaki haqiqiy go‘zallik edi», — deya Mourinyoning so‘zlarini keltirmoqda Goal portali Sport Week nashriga tayanib.
Eslatib o‘tamiz, 2006 yilgi Jahon chempionati finalida Zinedin Zidan italiyalik himoyachi Marko Materassining haqoratli so‘zlaridan so‘ng uning ko‘krak qismiga kalla bilan zarba bergan va maydondan chetlatilgan edi.
Shuni ta’kidlash joizki, Joze Mourinyo «Inter»ni boshqargan yillarida Marko Materassi bilan juda yaqin va ajoyib munosabatda bo‘lgan.













