Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/06 01:00 Germaniya 2-1 Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador 0-0 Kyurasao
21/06 09:00 Tunis 0-4 Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya 4-0 Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya 0-0 Eron
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya 1-3 Misr
22/06 22:00 Argentina - Avstriya
23/06 02:00 Fransiya - Iroq
23/06 05:00 Norvegiya - Senegal
23/06 08:00 Iordaniya - Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston

Flik: «El-klasiko» — bu oddiy o‘yin emas, lekin uni eng muhimi demagan bo‘lardim»

Flik: «El-klasiko» — bu oddiy o‘yin emas, lekin uni eng muhimi demagan bo‘lardim»

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya La Ligasining markaziy bahsi — «Real»ga qarshi «el-klasiko» oldidan o‘z mulohazalarini bildirdi. Agar kataloniyaliklar ushbu bahsda mag‘lub bo‘lishmasa, mavsum yakunini kutmasdan, muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirishadi.

Murabbiy raqibning hozirgi holati va o‘yinning ahamiyati haqidagi savollarga javob qaytardi.

«Real»ning inqirozda ekanligi o‘yinni osonlashtiradimi?» degan savolga Flik quyidagicha javob berdi: «Biz o‘z uyimizda g‘alaba qozonishga intilamiz. Bizda ajoyib jamoa va bizni qo‘llab-quvvatlaydigan muxlislar bor. «Real» uchun ham bu «el-klasiko» va ular ham g‘alabani xohlashadi — bu tabiiy hol. Bu bahs hamma uchun birdek muhim».

Shuningdek, Flik ushbu uchrashuv uning faoliyatidagi eng muhim o‘yinmi yoki yo‘qligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi:

«Bu oddiy o‘yin emas, lekin men uni eng muhimi deb aytmagan bo‘lardim. Biz ketma-ket ikkinchi bor chempionlikni qo‘lga kiritmoqchimiz — bu Ispaniyada har doim ham kuzatiladigan oddiy holat emas».

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi bahs 10 may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yindagi durang ham «ko‘k-anorranglilar»ni chempionga aylantiradi.

Kiritildi: 09:02, 10.05.2026.
O'qildi: 797 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик