Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Andoni Iraola APL klubidan rasmiy taklif oldi

Andoni Iraola APL klubidan rasmiy taklif oldi

Baho:
+ | -

«Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola Angliya Premyer-ligasining boshqa bir klubidan taklif oldi. Taniqli insayderning xabar berishicha, «Kristal Pelas» ispaniyalik mutaxassisga 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilgan.

Taklifga ko‘ra, murabbiyning yillik maoshi taxminan 4,9 million yevroni tashkil etishi mumkin. Qayd etilishicha, Iraola «burgutlar» loyihasiga katta qiziqish bildirmoqda va ushbu variantni jiddiy ravishda ko‘rib chiqmoqda.

Biroq, 43 yoshli mutaxassis yakuniy qaror qabul qilishga shoshilmayapti. Bunga uning xizmatlariga «Chelsi» va «Manchester Yunayted» kabi nufuzliroq klublar tomonidan qiziqish borligi sabab bo‘lmoqda. Iraola vaziyatni kuzatib, mavsum yakunida eng maqbul variantni tanlashni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun, Andoni Iraola 2023 yildan buyon «Bornmut»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa joriy mavsumda ajoyib natijalar qayd etmoqda — «olchalar» 35 turdan so‘ng 52 ochko bilan APL turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 09:11, 10.05.2026.
O'qildi: 852 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик