Kirish Ro'yxatdan o'tish

UFC 328: Eng yengil vaznda chempion o‘zgarmadi

UFC 328: Eng yengil vaznda chempion o‘zgarmadi

Baho:
+ | -

AQSHning Nyuark shahrida bo‘lib o‘tayotgan UFC 328 turniri doirasida eng yengil vazn toifasida chempionlik jangi o‘tkazildi. Unda myanmalik Joshua Van yaponiyalik Tasuro Tayraga qarshi bahs olib bordi.

Besh raundga mo‘ljallangan jang yakunida 24 yoshli Van o‘z raqibini nokautga uchratdi. Bu g‘alaba Joshua uchun professional MMAdagi 17-muvaffaqiyat bo‘ldi (2 ta mag‘lubiyat). 26 yoshli Tayra esa faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi (18 ta g‘alaba).

Shu tariqa, Joshua Van o‘z vazn toifasida UFC kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. Qayd etish joizki, Van ketma-ket 7 ta jangdan beri g‘alaba qozonib kelmoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:15, 10.05.2026.
O'qildi: 1338 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик