Kirish Ro'yxatdan o'tish

Urbig: «ECHLdan chiqib ketganimiz og‘ir zarba bo‘ldi, ammo oldinga intilishimiz kerak»

Urbig: «ECHLdan chiqib ketganimiz og‘ir zarba bo‘ldi, ammo oldinga intilishimiz kerak»

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Yonas Urbig Germaniya Bundesligasining 33-turi doirasida «Volfsburg»ga qarshi kechgan o‘yindan (1:0) so‘ng o‘z taassurotlarini bildirdi.

Yosh posbon Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyatdan keyingi holat va jamoadagi raqobatdosh sheriklarining dastagi haqida to‘xtaldi.

«Bugun hammasi yangidan boshlandi. To‘g‘ri, chorshanba kungi voqea (ECHLdan chiqib ketish) meni ancha ruhan tushirib qo‘ydi, ammo bunga yopishib olish yoki o‘ziga rahm qilish yaramaydi, oldinga intilish lozim. O‘yindan so‘ng Ulle (Sven Ulrayx) va Manu (Manuel Noyer) yonimga kelib, yaxshi o‘yin bilan tabriklashdi, bundan juda xursand bo‘ldim», — deydi Urbig klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Shuningdek, u mavsum yakunidagi maqsadlari haqida ham gapirib o‘tdi:

«Har hafta qattiq mashq qilyapman. Oldimizda «Kyoln»ga qarshi uy uchrashuvi va kubok finali turibdi. Afsuski, bu Chempionlar ligasi finali emas, lekin biz ishlashda davom etamiz».

Kiritildi: 09:49, 10.05.2026.
O'qildi: 506 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик