Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Peti: "Mbappe "Arsenal" uchun ideal nomzod, lekin..."

Peti: "Mbappe "Arsenal" uchun ideal nomzod, lekin..."

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Emmanuel Peti Kilian Mbappening "Arsenal"ga o‘tish ehtimoli haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Arsenal" Mbappening kelishidan mamnun bo‘lardi, u chap qanot hujumi uchun ideal nomzod. Menimcha, Mbappening "Real"da qolishiga yagona sabab — uning biror bir sovrin yutmasdan jamoani tark etishi muvaffaqiyatsizlik deb baholanishidir. Kilianning xohish-istaklari juda yuqori, shuning uchun u klubda qolib, aksini isbotlashga harakat qiladi. Bunga deyarli aminman. Agar uning o‘rniga boshqalar qaror qabul qilmasa, u dunyoning eng katta klubini shunchaki tark etmaydi", — dedi Peti.

Shuningdek, sobiq futbolchi transfer faqat Florentino Peres bosimga bardosh bera olmagan taqdirdagina amalga oshishi mumkinligini ta’kidladi.

"Millionlab muxlislar Kilianning ketishini talab qilib petisiya imzolashdi. Bu Mbappe uchun yakun bo‘lishi mumkin, chunki Peres — siyosatchi. Agar "Arsenal" ilk bor Chempionlar ligasida g‘olib chiqsa, bu klub tarixini o‘zgartiradi va transfer bozorida kuchli signal bo‘ladi", — deya qo‘shimcha qildi Emmanuel Peti.

Kiritildi: 10:47, 10.05.2026.
O'qildi: 826 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик