Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

"Barselona" — "Real": La Liga taqdirini hal qiluvchi bahs oldidan barcha tafsilotlar

"Barselona" — "Real": La Liga taqdirini hal qiluvchi bahs oldidan barcha tafsilotlar

Baho:
+-1 | -

Ispaniya La Ligasining 35-turida futbol olami intiqlik bilan kutayotgan "el-klasiko" bo‘lib o‘tadi. "Barselona" o‘z maydonida Madridning "Real" jamoasini qabul qiladi. Ushbu bahs kataloniyaliklar uchun chempionlikni muddatidan avval rasmiylashtirish imkoniyatini berishi bilan ahamiyatlidir.

"Stadion.uz" nashri jamoalarning ehtimoliy tarkiblarini taqdim etdi:

"Barselona": Joan Garsiya, Kanselu, Jerar Martin, Kubarsi, Erik Garsiya, Pedri, Gavi, Fermin Lopes, Olmo, Reshford, Levandovski.

"Real": Kurtua, Fran Garsiya, Xyoysen, Ryudiger, Aleksander-Arnold, Tchuameni, Pitarch, Vinisius Junior, Bellingem, Braim Dias, Gonsalo Garsiya.

Tarkiblar borasida ikki jamoada ham muammolar bor. "Barselona" safida Lamin Yamal jarohati sababli maydonga tusha olmaydi. "Real"da esa holat ancha jiddiy: Militao, Mendi, Karvaxal, Sebalyos, Rodrigo, Gyuler va Valverde kabi qator futbolchilar jarohatlangan. Bundan tashqari, Madrid klubi ichidagi muhit ham ancha murakkab. Xabarlarga ko‘ra, Orelyen Tchuameni va Federiko Valverde o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida urugvaylik futbolchi jarohat olgan. Kilian Mbappe va Tibo Kurtuaning ishtiroki esa hali so‘roq ostida turibdi.

Ma’lumot uchun, "Barselona" ayni damda 88 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, Madrid klubi hisobida esa 77 ochko bor. Agar bugungi bahsda "ko‘k-anorranglilar" mag‘lub bo‘lmasa, chempionlikni rasman naqd qiladi.

Joriy mavsumda jamoalar ikki bor to‘qnash kelishdi: La Liganing birinchi davrasida "Real" (2:1), Ispaniya Superkubogi finalida esa "Barselona" (3:2) g‘alaba qozongan. "El-klasiko" bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:06, 10.05.2026.
O'qildi: 1499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик