Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar 1-2 Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya - Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

Gvardiola Fodenning yangi pozisiyadagi o‘yiniga baho berdi

Gvardiola Fodenning yangi pozisiyadagi o‘yiniga baho berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionatining 36-turidan o‘rin olgan «Brentford»ga qarshi uchrashuvdan (3:0) so‘ng Fil Fodenning yangi pozisiyadagi o‘yini haqida fikr bildirdi.

Ushbu bahsda Foden uchun odatiy bo‘lmagan tayanch yarim himoyasi hududida harakat qildi. Gvardiola futbolchining sa’y-harakatlarini alohida e’tirof etdi.

«Bu u uchun noodatiy vaziyat edi. U juda katta hajmdagi ishni bajardi va to‘pni nazorat qilishimizda bizga katta yordam berdi. Filda ajoyib iqtidor bor. U ikkita gol urishi ham mumkin edi. Biz maydonda ko‘p yillardan beri bilgan o‘sha haqiqiy Fodenni ko‘rdik», — deya murabbiyning so‘zlarini keltirmoqda City Report.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Foden joriy mavsumda barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 12:53, 10.05.2026.
O'qildi: 499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик