Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Inter» Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirishga tayyor, biroq...

«Inter» Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirishga tayyor, biroq...

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan jamoada yana bir mavsum qolishi mumkin. Insayder Nikola Skiraning xabariga ko‘ra, «neradzurrilar» rahbariyati futbolchiga 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan yangi mehnat shartnomasini taklif qilishga tayyor.

Biroq, 37 yoshli yarim himoyachining o‘zi faoliyatini davom ettirish borasida hali bir qarorga kelmagan. Xabarda aytilishicha, armanistonlik futbolchi shu yozda professional faoliyatiga nuqta qo‘yishi ehtimoldan xoli emas.

Ma’lumot uchun, Mxitaryan 2022 yildan buyon «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsumda barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi kelishuvi shu yilning iyun oyi oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.

Kiritildi: 16:49, 10.05.2026.
O'qildi: 480 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик