Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Ferran Torres "Manchester Siti"ga qaytishi mumkin: Transfer sharti ma’lum bo‘ldi

Ferran Torres "Manchester Siti"ga qaytishi mumkin: Transfer sharti ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Ferran Torres faoliyatini yana "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.

El Nacional nashrining xabar berishicha, "shaharliklar" forvardni qayta sotib olishga tayyor. "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola shaxsan ushbu transfer tarafdori sifatida chiqmoqda.

Biroq, ushbu potensial kelishuv misrlik hujumchi Omar Marmushning "Barselona"ga o‘tishiga bevosita bog‘liq. "Manchester Siti" rahbariyati faqatgina misrlik futbolchi Kataloniya klubi bilan shartnoma imzolagan taqdirdagina Torres transferini rasmiylashtirishga kirishadi.

Ma’lumot uchun, Ferran Torres 2020 yildan 2022 yilgacha "Manchester Siti" sharafini himoya qilgan. Hujumchi "shaharliklar" tarkibida jami 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 18:50, 10.05.2026.
O'qildi: 1946 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик