Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

A Seriya. Elita bilan xayrlashgan "Verona" o‘z maydonida "Komo"ga imkoniyatni boy berdi

A Seriya. Elita bilan xayrlashgan "Verona" o‘z maydonida "Komo"ga imkoniyatni boy berdi

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining 36-turi doirasida "Komo" jamoasi safarda "Verona" mehmoni bo‘ldi va kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol 71-daqiqada Anastasios Duvikas tomonidan kiritildi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, mezbonlar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishgan edi, biroq VAR tizimi orqali tekshirilgan gol ofsayd tufayli bekor qilindi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Komo" o‘z ochkolarini 65 taga yetkazib oldi va chempionat yakunishiga ikki tur qolganda musobaqa jadvalining 5-pog‘onasini egallab turibdi. "Verona" esa 20 ochko bilan 19-o‘rinda qolmoqda. Eslatib o‘tamiz, "Verona" va "Piza" (18 ochko) jamoalari muddatidan oldin yuqori divizionni tark etishi aniq bo‘lgan edi.

Navbatdagi turda "Komo" 17 may kuni "Parma"ga qarshi maydonga tushsa, "Verona" shu kuni "Inter" bilan kuch sinashadi.

«VERONA» — «KOMO» — 0:1

Gol: Anastasios Duvikas 71 (0:1).

«Verona»: Montipo, Edmundsson, Valentini, Nelsson, Akpa-Akpro (Isaak, 81), Berned (Lovrich, 63), Galyardini, Frese, Belgali (Vermeshan, 81), Boui, Suslov.

«Komo»: Byute, Kempf, Diyegu Karlos, Valye (Moreno, 36), Voyvoda (Smolchich, 46), Perrone (Kakere, 46), Da Kunya, Pas, Rodriges (Baturina, 46), Diao (van der Brempt, 81), Duvikas.

Ogohlantirishlar: Frese (89) — Kakere (61).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:57, 10.05.2026.
O'qildi: 556 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик