Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

"Real", "Barselona" va APL grandlari "Roma" yulduzi uchun navbatda

"Real", "Barselona" va APL grandlari "Roma" yulduzi uchun navbatda

Baho:
+ | -

"Roma" klubining o‘ng qanot himoyachisi Uesli Fransa yozgi transfer oynasi vaqtida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Taniqli jurnalist Ekrem Konurning ta’kidlashicha, 22 yoshli braziliyalik futbolchiga Yevropaning bir qator grand klublari, jumladan, "Barselona", "Real" Madrid, "Manchester Siti", "Arsenal", "Tottenxem" va "Nyukasl" jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Hozirgi vaqtda ehtimoliy transfer summasi 60 million yevrodan yuqori baholanmoqda. Ueslining rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, "Roma" ushbu himoyachini o‘tgan yozda 25 million yevro evaziga sotib olgan edi. "Bo‘rilar" tarkibida u barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga beshta gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 19:01, 10.05.2026.
O'qildi: 1545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик