Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

"Arsenal" himoyachisi "Vest Xem" bilan o‘yinda jarohat oldi

"Arsenal" himoyachisi "Vest Xem" bilan o‘yinda jarohat oldi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi doirasida kechayotgan "Vest Xem"ga qarshi uchrashuvda "Arsenal" himoyachisi Ben Uayt jarohat oldi va birinchi bo‘limni oxirigacha yetkaza olmadi.

O‘yinning 24-daqiqasida qanotda to‘p uchun kurash ketayotgan vaziyatda 28 yoshli futbolchi o‘ng tizzasidan shikastlandi. Klub tibbiy shtabi bilan maslahatlashgandan so‘ng, himoyachi bahsni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi va maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Martin Subimendi zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Ma’lumot uchun, ushbu bahs Ben Uayt uchun Angliya chempionatining joriy mavsumidagi 12-uchrashuvi edi. Futbolchining jarohati qay darajada jiddiy ekani va maydonga qachon qaytishi tez orada o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng aniqlanadi.

Kiritildi: 21:18, 10.05.2026.
O'qildi: 692 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик