Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«O‘yinga jiddiy yondasha olmagandekmiz, yomg‘irni bahona qilmoqchi emasman» - Marat Miftaxutdinov

«O‘yinga jiddiy yondasha olmagandekmiz, yomg‘irni bahona qilmoqchi emasman» - Marat Miftaxutdinov

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston kubogi 1-turi doirasidagi «Dinamo» - «G‘azalkent» (2:3) uchrashuvidan keyin «Dinamo» murabbiyi Marat Miftaxutdinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, avvalo «G‘azalkent»ni g‘alaba bilan tabriklayman. Nima deyishim mumkin? Ular himoyaga urg‘u berib o‘ynashdi va qarshi hujumdagi vaziyatlarini golga aylantirishdi. Ularda hammasi o‘xshadi.

Aftidan, biz o‘yinga to‘g‘ri yondasha olmagandekmiz. O‘yin davomida esa buni to‘g‘rilay olmadik. O‘yin uslubimizdan kelib chiqqan holda maydon holati, yomg‘irni bahona qilmoqchi emasman. Lekin himoyalana olmadik va qarshi hujumlarda jazolandik.

- Bunday ob-havo va maydondagi holatdan kelib chiqqan holda «Dinamo» o‘yinchilarini mag‘lubiyat uchun ayblash noo‘rindir, ammo raqib Pro ligadagi yosh bolalar edi...

- Hammasini tushunib turibman. Birinchidan ular yaxshi shakllangan jamoa, yosh o‘yinchilar maydonda juda katta ishtiyoq bilan to‘p surishdi. Ularning ishtiyoqi bilan bizdagi ishtiyoqni taqqoslasak, farq sezildi. Bu ham mag‘lubiyatga sabablardan biri bo‘ldi. O‘zingiz vaziyatni bilasiz, balki shu ham natijaga ta’sir qilgandir. Tushunarsiz vaziyat, - dedi Marat Miftaxutdinov kubok o‘yinidan keyin.

Manba: https://t.me/FCDinamo1960
Kiritildi: 22:16, 10.05.2026.
O'qildi: 515 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик