Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Arsenal»da Arteta davri davom etadi

«Arsenal»da Arteta davri davom etadi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta tez orada klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 44 yoshli mutaxassis «to‘pchilar» bilan mehnat kelishuvini 2029 yilning o‘rtalariga qadar uzaytirishga yaqin turibdi.

Ispaniyalik murabbiyning amaldagi shartnomasi kelasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi. Mikel Arteta 2019 yilning dekabr oyidan beri «Arsenal»ni boshqarib kelmoqda. Yakshanba kuni jamoa «Vest Xem» ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi va Premyer-ligadagi so‘nggi 22 yil ichida birinchi chempionligiga yanada yaqinlashdi. Shuningdek, 30 may kuni «to‘pchilar» o‘z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishi mumkin — finalda ularga «PSJ» raqiblik qiladi.

Kiritildi: 10:52, 11.05.2026.
O'qildi: 1036 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик