Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Flik «Barselona» bilan La Ligada tarixiy natijani qayd etmoqchi

Flik «Barselona» bilan La Ligada tarixiy natijani qayd etmoqchi

Baho:
+1 | -

«Barselona» «El-Klasiko»da g‘alaba qozonib, muddatidan oldin Ispaniya chempioniga aylandi. «Ko‘k-anorranglilar» «Kamp Nou»da Markus Reshford va Ferran Torresning 9 va 18-daqiqalarda urgan gollari evaziga Madridning «Real» klubini mag‘lub etdi.

Xans-Diter Flik jamoasi mavsum yakunlanishiga uch tur qolganda «qaymoqranglilar»ni 14 ochkoga ortda qoldirmoqda. Germaniyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, jamoada qolgan o‘yinlar uchun ham motivasiya yetarli.

«Biz La Ligada 100 ochko jamg‘armoqchimiz. Bu bizning navbatdagi maqsadimiz», — dedi Flik «Real» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyingi intervyusida.

Kataloniyaliklar chempionatni uch xonali ochko ko‘rsatkichi bilan yakunlashlari uchun qolgan barcha uchta uchrashuvda g‘alaba qozonishlari talab etiladi.

Kiritildi: 11:01, 11.05.2026.
O'qildi: 819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик