Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Kruz «Inter» uchun ideal transfer variantini ko‘rsatdi

Kruz «Inter» uchun ideal transfer variantini ko‘rsatdi

Baho:
+ | -

«Inter» klubining sobiq hujumchisi Xulio Kruz milanliklarga «Real Madrid»ning iqtidorli futbolchisini qo‘lga kiritishni maslahat berdi.

Milan klubi ayni damda «Komo» sharafini himoya qilayotgan Nikolas Pasga qiziqish bildirmoqda. Biroq futbolchiga bo‘lgan huquqlarning yarmi Madridning «Real» klubiga tegishli ekanligi transferni qiyinlashtirishi mumkin. Shu sababli Kruz «neradzurrilar»ga bor e’tiborni Franko Mastantuonoga qaratishni taklif qildi.

«Menga Pas yoqadi, lekin «Inter» uchun uni sotib olish mushkul bo‘lishini bilaman, chunki «Real» uni qaytarib oladi. Mastantuono bilan esa vaziyat boshqacha. U ham juda iqtidorli, ammo hozirda «Real»da muammolarga duch kelmoqda. Shu sababli uni o‘z tomonimizga og‘dirib olish osonroq kechadi», — dedi Kruz Sky Sport nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, «River Pleyt»dan Madrid klubiga o‘tgan Franko Mastantuono debyut mavsumida «qaymoqranglilar»ning asosiy tarkibidan muqim joy egallashga qiynalmoqda.

Kiritildi: 12:37, 11.05.2026.
O'qildi: 677 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик