Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Arteta «Vest Xem» bilan o‘yinda Martin Subimendini nima sababdan qayta zaxiraga olganini ochiqladi

Arteta «Vest Xem» bilan o‘yinda Martin Subimendini nima sababdan qayta zaxiraga olganini ochiqladi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Premyer-liga doirasida «Vest Xem»ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyachi Martin Subimendining zaxiraga olinishi sabablarini tushuntirib berdi.

Ispaniyalik xavbek uchrashuvning 28-daqiqasida jarohat olgan Ben Uaytning o‘rniga maydonga tushgan edi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, 67-daqiqada Arteta uni Kay Haversga almashtirishga qaror qildi. «Kanonirlar» Leandro Trossarning 80-daqiqada kiritgan goli evaziga minimal hisobda g‘alaba qozonishdi.

«Subimendini almashtirishga kelganda, bu qiyin qaror edi. Ammo o‘sha lahzada «Vest Xem» himoyasiga muammo tug‘dirish uchun maydonda ikkita hujumkor yarim himoyachi bo‘lishi kerakligini his qildim. Baxtimizga, bu qaror o‘z samarasini berdi», — dedi Arteta o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Kiritildi: 12:46, 11.05.2026.
O'qildi: 841 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик