Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Jo Koul «Chelsi»ga Stounz va Levandovskini olib kelishni maslahat berdi

Jo Koul «Chelsi»ga Stounz va Levandovskini olib kelishni maslahat berdi

Baho:
+1 | -

«Chelsi»ning sobiq futbolchisi Jo Koul London klubi shu yozda tarkibiga qo‘shib olishi kerak bo‘lgan ikki nafar o‘yinchi nomini aytdi.

«Men jamoaga kelib, darhol yordam bera oladigan tajribali futbolchilar haqida o‘ylayapman. Shunday ekan, kimlar bozorda erkin ekaniga qarash kerak, masalan, Jon Stounz kabi o‘yinchilarni nazarda tutyapman. Shuningdek, Robert Levandovski — uning shartnomasi yakunlanmoqda, bizga markaziy hujumchi kerak», — deya Koulning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Metro nashri.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» himoyachisi Jon Stounz ham, «Barselona» hujumchisi Robert Levandovski ham shu yozda erkin agentga aylanishi mumkin. Shu sababli, joriy mavsum yakunlangach, ingliz va polshalik futbolchilar klubga tekinga tushishi mumkin.

Kiritildi: 12:54, 11.05.2026.
O'qildi: 765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик