Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» «Tottenxem» yulduziga ko‘z tikdi

«Barselona» «Tottenxem» yulduziga ko‘z tikdi

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi markaziy himoyachisi Mikki van de Ven «Barselona»ga o‘tishi mumkin. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona» 25 yoshli niderlandiyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi agar «shporlar» mavsum yakunida Chempionshipga tushib ketsa, himoyachini hech qanday muammosiz qo‘lga kirita olishiga ishonmoqda.

Joriy mavsumda van de Ven barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, yettita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachining «Tottenxem» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 16:20, 11.05.2026.
O'qildi: 1176 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик