Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Reshford: «Biz hali ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritamiz»

Reshford: «Biz hali ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritamiz»

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Markus Reshford jamoaning yaqin yillardagi istiqbollari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Avvalroq «ko‘k-anorranglilar» o‘z maydonida Madridning «Real» klubini mag‘lub etib, muddatidan oldin Ispaniya chempioniga aylangan edi.

«Bizda fantastik jamoa shakllangan. «Barselona» yaqin yillar ichida hali ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritadi, shuning uchun ham bu yerda qolish ajoyib bo‘lardi», — deya Reshfordning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano.

Eslatib o‘tamiz, Reshford joriy mavsumni «Barselona» safida ijara asosida o‘tkazmoqda. Uning transfer huquqi «Manchester Yunayted»ga tegishli.

Kiritildi: 17:18, 11.05.2026.
O'qildi: 623 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик