Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Barselona» yulduzlari chempionlikdan so‘ng velosipedda sayrga chiqishdi (Video)

«Barselona» yulduzlari chempionlikdan so‘ng velosipedda sayrga chiqishdi (Video)

Baho:
+1 | -

«Barselona» futbolchilari Ispaniya chempionatidagi g‘alabani o‘zgacha tarzda nishonlashdi.

La Liganing 35-turida «Real» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:0) va chempionlik naqd qilinganidan so‘ng, yarim himoyachilar Dani Olmo va Pedri, shuningdek, himoyachi Erik Garsiya tungi Barselona ko‘chalarida velosiped uchishga yo‘l olishdi. Futbolchilar mana ikki yildirki chempionlikni aynan shunday nishonlamoqdalar.

O‘tgan mavsumda Olmo, Pedri, Garsiya va Inigo Martines velosipedlarda appendisit operasiyasidan so‘ng sog‘ayib chiqayotgan Ferran Torresni yo‘qlash uchun shifoxonaga borishgan edi. Bu safar esa futbolchilar shunchaki shahar ko‘chalari bo‘ylab sayr qilish bilan cheklanishdi.

Bundan tashqari, Mark Kasado va Alexandro Balde chempionlik shodiyonalarini bevosita klub muxlislari bilan birgalikda o‘tkazishdi.

Kiritildi: 17:22, 11.05.2026.
O'qildi: 1095 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик