«Vest Xem» klubi APLning 36-turidan o‘rin olgan «Arsenal»ga qarshi o‘yinda (0:1) inobatga olinmagan gol yuzasidan tushuntirish talab qiladi.
Uchrashuvning 95-daqiqasida «bolg‘achilar» burchak zarbasidan so‘ng «kanonirlar» darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘sha vaziyatda hujumchi Pablo Felipe qo‘lini ishlatib, darvozabon David Rayyaning to‘pga yetib borishiga xalaqit berdi. Darvozabon to‘pga qo‘lqoplari bilan tegdi, biroq uni na urib yubora oldi va na egallab oldi. Shundan so‘ng to‘p Vilyam Salibaning tizzasidan Kallum Uilsonga borib tushdi va u to‘pni to‘rga yo‘lladi.
Bosh hakam Kris Kavana videoassistent bilan maslahatlashib, takroriy lavhani o‘rgandi va darvozabonga nisbatan qo‘pollik ishlatilgan deb topib, golni bekor qildi. Natijada «Arsenal» g‘alabani saqlab qoldi.
BBC nashrining yozishicha, «Vest Xem» Angliyadagi hakamlik uchun mas’ul tashkilot — PGMOL ga murojaat qilib, arbitrning ushbu qarori yuzasidan tushuntirish so‘raydi. Shuningdek, klub Kavana va VARda ishlagan Darren Inglend o‘rtasidagi suhbatning audioyozuvini taqdim etishni ham talab qilmoqchi.













