Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» «Tottenxem» himoyachisi uchun kurashga qo‘shildi

«Liverpul» «Tottenxem» himoyachisi uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubi «Tottenxem» himoyachisi Luka Vushkovichning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football Insider nashri xabar tarqatdi.

«Qizillar» ushbu futbolchi uchun kurashda raqobatchilarini ortda qoldirish niyatida. Vushkovichga shuningdek, «Bavariya», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» kabi grand klublar ham da’vogarlik qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda «Tottenxem» futbolchini «Gamburg» klubiga ijaraga bergan edi.

Joriy mavsumda Luka Vushkovich jami 29 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlarda himoyachi 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 19:13, 11.05.2026.
O'qildi: 1260 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик