Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

"Chelsi" bosh murabbiyligiga nomzodlar ro‘yxati kengaymoqda

"Chelsi" bosh murabbiyligiga nomzodlar ro‘yxati kengaymoqda

Baho:
+ | -

Londonning "Chelsi" klubi yangi bosh murabbiy izlash ishlarini davom ettirmoqda. The Telegraph nashrining xabar berishicha, nomzodlar ro‘yxatiga "Kristal Pelas" ustozi Oliver Glasner va "Flamengo" sobiq murabbiyi Filipe Luis qo‘shildi.

Shuningdek, klub rahbariyati ayni damda "Komo" jamoasini boshqarayotgan Sesk Fabregas nomzodini ham muhokama qilgan. Avvalroq OAVda "Chelsi" bosh murabbiyligi uchun Xabi Alonso, Andoni Iraola va Marku Silva kabi mutaxassislar da’vogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qayd etilishicha, hozircha nomzodlar orasida yaqqol favorit yo‘q. Klub rahbariyati shoshilmasdan, jamoa loyihasiga eng mos keladigan murabbiyni tanlab olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" rahbariyati yangi bosh murabbiyni Jahon chempionati — 2026 startiga qadar tayinlashni maqsad qilgan.

Kiritildi: 22:38, 11.05.2026.
O'qildi: 317 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик