Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Italiya kubogi finali oldidan "Inter" jiddiy yo‘qotishga uchradi

Italiya kubogi finali oldidan "Inter" jiddiy yo‘qotishga uchradi

Baho:
+ | -

Italiya kubogi finali doirasida "Lasio"ga qarshi kechadigan bahsda "Inter" hujumchisi Markus Tyuramning ishtirok etishi katta so‘roq ostida qolmoqda.

Sky Sport Italia nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, fransuz hujumchisi mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olgan va katta ehtimol bilan bo‘lajak uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Jarohatning qay darajada jiddiy ekanligini aniqlash uchun qo‘shimcha tibbiy ko‘riklar talab etiladi, biroq futbolchining chorshanba kungi o‘yingacha tiklanishi qiyinligi aytilmoqda.

Jamoaning tarkib borasidagi yangiliklari shu bilan tugamaydi. Bel sohasidagi muammolardan qutilgan Franchesko Espozito safga qaytdi, ammo hujum chizig‘ida Lautaro Martinesga Anj-Yoan Bonni sheriklik qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, yarim himoyachi Xakan Chalxano‘g‘li hamon umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilmagan va finalni tribunadan kuzatishi deyarli aniq. Maydon markazida Pyotr Zelinski bilan birga Petar Suchich yoki Genrix Mxitaryan harakat qilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 22:48, 11.05.2026.
O'qildi: 318 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик