Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem» yulduzi 368 kunlik tanaffusdan so‘ng maydonga tushdi

«Tottenxem» yulduzi 368 kunlik tanaffusdan so‘ng maydonga tushdi

Baho:
+ | -

Jeyms Meddison 2025 yilning may oyidan beri ilk bor «Tottenxem» safida rasmiy o‘yinda maydonga tushdi.

«Shporlar» yarim himoyachisi 7 avgust kuni «Nyukasl»ga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida (1:1) tizzasidan jarohat olgan edi. Ingliz futbolchisida oldingi xochsimon bog‘lamlar uzilishi tashxisi qo‘yildi va u operasiya qilindi.

29 yoshli futbolchi APLning 36-turi doirasidagi «Lids»ga qarshi bahsda (1:1) safga qaytdi. U o‘yinning 85-daqiqasida Matis Telni almashtirdi.

Shu tariqa, Meddisonning oxirgi rasmiy uchrashuvdagi ishtirokidan beri bir yildan ortiq vaqt (368 kun) o‘tdi.

U so‘nggi bor 2025 yil 8 may kuni Yevropa Ligasi yarim finali doirasidagi «Bude-Glimt»ga qarshi kechgan dastlabki o‘yinda maydonga tushgan edi.

Kiritildi: 05:55, 12.05.2026.
O'qildi: 1215 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик