Fransiya Liga 1 musobaqasining yakunlangan mavsumi bo‘yicha yilning ramziy terma jamoasi e’lon qilindi. To‘liq tarkibdan "PSJ"ning besh nafar futbolchisi o‘rin oldi.
Mavsum ramziy terma jamoasi bilan tanishing: Risser; Hakimiy, Sarr, Pacho, Mendesh; Tolisso, Vitinya, Sangare; Toven, Dembele, Grinvud.
Chempion jamoa — "PSJ"dan Ashraf Hakimiy, Villian Pacho, Nunu Mendesh, Vitinya va Usmon Dembele ramziy tarkibga kiritildi.
Shuningdek, ramziy o‘n birlikdan "Lans"ning to‘rt nafar a’zosi, "Lion"dan Tolisso va "Marsel"dan Meyson Grinvud joy oldi.













