Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Gavi va Vinisius to‘qnashuvi tafsilotlari ochiqlandi

Gavi va Vinisius to‘qnashuvi tafsilotlari ochiqlandi

Baho:
+ | -

«Barselona» va «Real» o‘rtasidagi uchrashuvda Gavi hamda Vinisius Junior o‘rtasida yuzaga kelgan dahanaki jang tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

10 may kuni bo‘lib o‘tgan «el-klasiko»da «Barselona» madridliklar ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, joriy mavsumdagi chempionlikni qo‘lga kiritdi. O‘yin davomida ikki futbolchi o‘rtasida keskin to‘qnashuv yuz berdi.

Movistar telekanalining «El Día Después» dasturi namoyish etgan kadrlarga ko‘ra, Gavi Vinisiusga uning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kirita olmaganini eslatgan. Bunga javoban braziliyalik vinger shunday degan: «To‘g‘ri, lekin menda Chempionlar ligasi sovrini bor. Men Chempionlar ligasida g‘olib chiqqanman».

Shuningdek, Vinisius «Men xotirjamman, xotirjamman», deb qo‘shimcha qilgan. Gavi esa uning gapini bo‘lib: «Shunchaki o‘yiningni o‘yna va ovozingni o‘chir», deya javob qaytargan.

Kiritildi: 12:13, 12.05.2026.
O'qildi: 663 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик