Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Levandovski uchun kutilmagan da’vogar paydo bo‘ldi

Levandovski uchun kutilmagan da’vogar paydo bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini «Portu»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «Portu» 37 yoshli polshalik futbolchiga qiziqish bildirgan. Ta’kidlanishicha, Portugaliya klubi Levandovskiga bir yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Biroq hujumchining xizmatlariga «Milan», «Yuventus», «Chikago Fayr» va Saudiya Arabistoni klublari tomonidan ham qiziqishlar mavjud.

Joriy mavsumda Levandovski barcha turnirlarni hisobga olganda 43 ta o‘yinda ishtirok etdi, 18 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Levandovskining kataloniyaliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida nihoyasiga etadi.

Kiritildi: 13:36, 12.05.2026.
O'qildi: 462 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик