Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

«Real» Valverde sardorlik bog‘ichidan mahrum qilmoqchi. Fede sotilishi mumkin

«Real» Valverde sardorlik bog‘ichidan mahrum qilmoqchi. Fede sotilishi mumkin

Baho:
+ | -

«Real» jamoa futbolchisi Federiko Valverdega nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan turli sanksiya variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq, Valverde mashg‘ulotdan so‘ng jamoadoshi Orelyen Tchuameni bilan mushtlashib ketgani ma’lum bo‘lgan edi. To‘qnashuvning har ikki ishtirokchisi 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi. Sport.es nashrining ta’kidlashicha, «Real» Valverdeni sardorlik bog‘ichidan ham mahrum qilishi mumkin.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Valverde sardorlik maqomi uchun zarur bo‘lgan namunali xulq-atvor sohibi emas. Uning yetakchilik fazilatlariga nisbatan shubhalar hali Xabi Alonso bosh murabbiy bo‘lib ishlayotgan davrdayoq paydo bo‘lgan edi.

Eng keskin chora sifatida «Real»ning asosiy aktivlaridan biri bo‘lib qolayotgan Valverdeni sotib yuborish varianti ko‘rilishi mumkin. 27 yoshli urugvaylik futbolchining transfer qiymati 120 mln yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 13:58, 12.05.2026.
O'qildi: 329 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик