Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vinisiusning Mourinyoning «Real»ga tayinlanishiga munosabati ma’lum bo‘ldi

Vinisiusning Mourinyoning «Real»ga tayinlanishiga munosabati ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ispaniya OAVlarida Vinisius Juniorning Joze Mourinyoning «Real»ga kelishi borasidagi fikrlari paydo bo‘ldi. Avvalroq portugaliyalik mutaxassisning mavsum yakunida jamoani qabul qilib olishi deyarli hal bo‘lgan masala ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

El Chiringuito nashrining xabar berishicha, Vinisius Mourinyoning kelishini juda ijobiy qadam deb hisoblaydi. Braziliyalik futbolchining fikricha, portugaliyalik murabbiy qo‘l ostida jamoa alohida bir yulduz atrofida emas, balki yagona bir kuch sifatida harakat qiladi. Shuningdek, u aynan Mourinyo kabi obro‘li murabbiy hozirgi vaqtda «Real» kiyinish xonasidagi muhitni tartibga solish uchun zarur deb hisoblamoqda.

Hozirda «Real»ni Alvaro Arbeloa boshqarmoqda, biroq u mavsum yakunlangach, o‘z lavozimini tark etadi.

Kiritildi: 14:44, 12.05.2026.
O'qildi: 1934 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик