Kirish Ro'yxatdan o'tish

Reshford «Manchester Yunayted»ga qaytishni istamayapti

Reshford «Manchester Yunayted»ga qaytishni istamayapti

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Markus Reshford hech qanday shart evaziga «Manchester Yunayted»ga qaytish niyatida emas. Bu haqda The Touchline nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ta’kidlashicha, hatto asosiy tarkibdan joy kafolatlanishi va Chempionlar Ligasida ishtirok etish imkoniyati ham Reshfordni fikridan qaytara olmaydi. Futbolchi Barselonadagi hayotga ko‘nikib qolgan va Angliyaga qaytishni xohlamayapti.

Avvalroq, «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik, agar keyingi mavsumda ham o‘z lavozimida qolsa, Reshfordni qaytarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Barselona» esa hozircha ijara muddati yakunlangach, hujumchini «qizil iblislar»dan sotib olish borasida yakuniy qarorga kelmagan. Shartnomada futbolchini 30 million yevroga sotib olish huquqi ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 15:56, 12.05.2026.
O'qildi: 1135 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик