Xabi Alonso to‘rt oydan beri ishsiz yuribdi. Yanvar oyi o‘rtalarida u «Real»dan iste’foga chiqarilgan edi. Indykaila News xabariga ko‘ra, Alonso «Liverpul»ning keyingi bosh murabbiyi bo‘lishni istaydi.
Manbaning ta’kidlashicha, Alonso hali ham «Liverpul»dan taklif tushishiga umid qilmoqda. Shu bilan birga, «Chelsi» klubi u bilan allaqachon muzokaralarni boshlab yuborgan. Xullas, vaziyat ancha murakkab.
«Liverpul» og‘ir mavsumni yakunlamoqda va ayni damda Premyer-liga turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Hozirda jamoani Arne Slot boshqarmoqda.
Ma’lumot uchun, Xabi Alonso 2004–2009 yillarda futbolchi sifatida «Liverpul» sharafini himoya qilgan va 2005 yilda «qizillar» bilan birga Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan.













