Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Kroos "Real"ning "Barselona" bilan o‘yinini tahlil qildi

Kroos "Real"ning "Barselona" bilan o‘yinini tahlil qildi

Baho:
+ | -

«Real»ning sobiq futbolchisi Toni Kroos madridliklarning «Barselona»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan «El-Klasiko» natijasi haqida fikr bildirdi.

«Ikki mavsum g‘alabasiz qolish — «Real» uchun qabul qilib bo‘lmas holat, vassalom. Maydondagi natija ichki dinamikaning yomonligidan kelib chiqmoqda. Ehtimol, ular «Klasiko»da g‘alaba qozonish uchun motivasiyaga ega bo‘lishgandir, lekin bu yetarli bo‘lmadi. Mag‘lubiyat taqdiri o‘yin boshlanmasidan oldinroq hal qilingan edi. Menimcha, ular o‘yin boshidanoq bunday natijaga rozi bo‘lib bo‘lishgandi. Ikkinchi bo‘lim biroz muvozanatliroq o‘tdi, lekin... Qisqasi, «Barsa»ni tabriklayman.

Ikkinchi gol «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib turibdi. Gol urilishida qatnashgan o‘yinchilar (Olmo va Ferran), agar jamoaning qolgan a’zolari sport formasida bo‘lganida, balki asosiy tarkibga ham kirmagan bo‘lishardi.

Bu vaziyatda nomlar unchalik muhim emas, chunki ularda aniq belgilangan o‘yin uslubi va mashq qilingan harakatlar bor. «Real» yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, «Barselona» esa atigi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi xolos», — dedi Kroos.

Ushbu g‘alaba va qo‘lga kiritilgan navbatdagi 3 ochko evaziga «Barselona» Ispaniya chempionligini muddatidan oldin rasmiylashtirdi.

Kiritildi: 16:07, 12.05.2026.
O'qildi: 476 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик