«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa himoyachisi Mark Gexini maqtab o‘tdi. Yaqinda futbolchi «Everton»ga qarshi o‘yindagi (3:3) golga sabab bo‘lgan xatosidan so‘ng tanqidlarga uchragan edi.
«Bu — aql bovar qilmas xarid. U har bir o‘yinda, o‘z hayotida — haqiqiy professional bo‘lish uchun har bir detalga e’tibor qaratadi. Bu klub uchun ajoyib transfer bo‘ldi. Biz juda mamnunmiz. Gexi o‘zini biz kutganimizdek tutmoqda — hal qiluvchi lahzalarda u tezkor qaror qabul qiladi va vaziyatni o‘nglay oladi. Aynan mana shu jihat katta klublardagi katta o‘yinchilarni belgilab beradi. Men buni ko‘p marta aytganman», — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
Chorshanba kuni, 13 may kuni «Manchester Siti» Angliya chempionati doirasida o‘z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qiladi.













