Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Fabio Kannavaro: «Futbolchilarning mundialda shunchaki zavqlanishini istayman»

Fabio Kannavaro: «Futbolchilarning mundialda shunchaki zavqlanishini istayman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va jurnalistlar o‘rtasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda terma jamoa ustozi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirok etib, jahon chempionati tayyorgarligi hamda bo‘lajak rejalar haqida ma’lumot berdi.

Anjuman avvalida Ravshan Ermatov terma jamoaning mundialgacha bosib o‘tgan yo‘li, AQSH safari va Kanada hamda Niderlandiya bilan o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yinlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng, milliy jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Tarkib va tanlov haqida «O‘zbekistonga kelganimdan buyon barcha futbolchilarni kuzatib bordik va shularni inobatga olgan holda tarkibni shakllantirdik. Kimlardir chaqirilmagan bo‘lsa, demak ularning o‘yini menda yorqin qiziqish uyg‘otmagan. Masalan, Azizbek Turg‘unboyevni hurmat qilaman, ammo uning fe’l-atvori va ayni vaqtdagi o‘yinlari menda ishonch uyg‘otmadi. Agar u o‘z ustida ishlashda davom etsa, keyinchalik taklif etaman. Husayn Norchayev va Abbosbek Fayzullayev kabi futbolchilar esa mundialda asqotadi», dedi murabbiy.

Jismoniy holat va tayyorgarlik Kannavaro milliy chempionat tempining pastligi sababli, liga bilan kelishgan holda o‘yinlarni vaqtincha to‘xtatib, jismoniy holat ustida alohida ishlanayotganini bildirdi: «Mashg‘ulotlarda futbolchilar qiynalmoqda, ammo hech kim e’tiroz bildirmasdan o‘z ishini bajarishga harakat qilmoqda. Menga „jangchilar“ kerak. Futbolchilarim hech narsadan qo‘rqmasligini, qo‘pol qilib aytganda „ot kabi“ bo‘lishlarini xohlayman. Chunki Kolumbiya, Portugaliya va Kongo kabi raqiblar bilan oson bo‘lmaydi».

Raqiblar tanlovi va zamonaviy futbol Nega aynan Kanada va Niderlandiya tanlangani borasidagi savolga murabbiy shunday javob berdi: «Kanada — mezbon, ulardan o‘rganishimiz kerak bo‘lgan narsalar bor. Niderlandiya esa o‘yin uslubi jihatidan qisman Portugaliyaga o‘xshaydi va jismoniy jihatdan juda kuchli». Shuningdek, u standart vaziyatlar ustida ishlash zamonaviy futbolda juda muhimligini, bu orqali mavsumda 15–20 ta gol urish mumkinligini ta’kidladi.

Mundial va Osiyo kubogi «Bizdan ko‘p narsa kutishyapti, hatto chempionlikni kutayotganlar bor. Biroq birinchi mundial bo‘lgani uchun futbolchilarga bosim yuklamaslik kerak. Ularning shunchaki zavqlanishini aytyapman. Osiyo kubogiga kelsak, Iordaniya bilan bir guruhdan joy olganimiz qiziq bo‘ldi. Mening asosiy maqsadlarimdan biri ham aynan Osiyo kubogida g‘alaba qozonishdir», dedi Kannavaro.

Muxlislar va favoritlar Murabbiy Italiya xalqi ham O‘zbekistonga muxlislik qilishiga umid bildirdi. Jahon chempionati favoritlari sifatida esa Fransiya, Portugaliya, Argentina, Ispaniya va Angliya terma jamoalarini ko‘rsatib o‘tdi.

Muloqot yakunida Fabio Kannavaro yaratilgan sharoitlar uchun mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Manba: jch.uza.uz
Kiritildi: 18:18, 12.05.2026.
O'qildi: 265 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик