Madridning «Real» klubi ichidagi vaziyat keskinlashda davom etmoqda. Jurnalist Ramon Alvares de Monning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko‘ra, kiyinish xonasida katta obro‘ga ega bo‘lgan ba’zi futbolchilar klub rahbariyatidan jamoa sardori va yarim himoyachisi Federiko Valverdeni shu yozda sotib yuborishni so‘rashmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, klub rahbariyati uchun Valverdening sotuvi «juda nozik» mavzu hisoblanadi. Bunga urugvaylik futbolchining «Real» bilan bosib o‘tgan uzoq va muvaffaqiyatli yo‘li sabab bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 7 may kuni mashg‘ulot vaqtida Valverde va boshqa bir yarim himoyachi Orelyen Tchuameni o‘rtasida og‘zaki nizo kelib chiqqan va bu kiyinish xonasidagi mushtlashuvga aylanib ketgan edi. To‘qnashuv natijasida Valverdening boshi yorilib, shifoxonaga yetkazilgan. Klub har ikki futbolchini 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortgan.













