Kirish Ro'yxatdan o'tish

Davide Anchelotti Modrichning paypoqlari bilan bog‘liq qiziqarli voqeani aytib berdi

Davide Anchelotti Modrichning paypoqlari bilan bog‘liq qiziqarli voqeani aytib berdi

Baho:
+ | -

Karlo Anchelottining o‘g‘li va «Real» bosh murabbiyining sobiq yordamchisi Davide Anchelotti o‘z faoliyati davomida shug‘ullantirgan eng yaxshi yarim himoyachi kimligi haqidagi savolga javob berdi.

«Men mashg‘ulot o‘tkazgan eng buyuk yarim himoyachi? Kroos. Va Modrich. Luka haqida ajoyib bir voqea bor: u har doim «Real» paypoqlarining tagidan o‘zining shaxsiy paypoqlarini kiyib o‘ynardi. Bir safar «Rayo Valyekano» stadionida unga akasidek bo‘lib qolgan kitmen (liboslar bo‘yicha mas’ul) ularni olib kelishni unutib qo‘ygan. O‘shanda hamma narsa ostin-ustun bo‘lib ketgan, Lukaning g‘azabi chiqqan edi. Mana, futbolchilar orasidagi perfeksionistlar (har bir detalga e’tibor beradiganlar) haqida gapirganda shuni tushunish kerak», — dedi Davide Anchelotti La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich 2012 yildan 2025 yilgacha «Real»da to‘p tepgan. Hozirda xorvatiyalik futbolchi «Milan» sharafini himoya qilmoqda.

Kiritildi: 20:40, 12.05.2026.
O'qildi: 1040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик