Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» «Liverpul» himoyachisi uchun kurashga qo‘shildi

«Barselona» «Liverpul» himoyachisi uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -2

«Liverpul» markaziy himoyachisi Ibraima Konate «Barselona» qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Fransiyalik futbolchining «qizillar» bilan amaldagi shartnomasi tugashiga atigi bir yarim oy vaqt qolgan bo‘lsa-da, u haligacha kelishuvni uzaytirmadi.

TEAMtalk nashrining xabar berishicha, himoya chizig‘ini kuchaytirish istagida bo‘lgan «ko‘k-anorranglilar» 26 yoshli futbolchi uchun kechayotgan poygaga qo‘shilishgan. Avvalroq Konatega Madridning «Real», «Bavariya» va «PSJ» kabi klublardan ham qiziqish borligi haqida xabarlar berilgan edi.

Joriy mavsumda futbolchi mersisaydliklar safida barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali markaziy himoyachining narxini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:11, 13.05.2026.
O'qildi: 2277 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик