Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted» Shouga raqobatchini APLning boshqa top-klubidan topdi

«Manchester Yunayted» Shouga raqobatchini APLning boshqa top-klubidan topdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi chap qanot himoyachisi Maylz Lyuis-Skellining «Manchester Yunayted»ga o‘tishi borasidagi xabarlar yana avj oldi.

Arsenal Radar nashrining xabar berishicha, «qizil iblislar» 19 yoshli futbolchini mudofaaning chap qanotida Lyuk Shou uchun munosib raqobatchi sifatida ko‘rishmoqda. Avvalroq, «kanonirlar» tarkibni kuchaytirish uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida o‘z tarbiyalanuvchisini sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

So‘nggi vaqtlarda Mikel Arteta Maylz Lyuis-Skellini o‘zining asosiy pozisiyasi — maydon markazida ham sinab ko‘rmoqda. Istiqbolli futbolchi joriy mavsumda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali angliyalik yosh iste’dodning narxini 35 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:59, 13.05.2026.
O'qildi: 1018 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик