Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/06 02:00 Fransiya 3-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya 3-2 Senegal
23/06 08:00 Iordaniya 1-2 Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya 5-0 O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya - Gana
24/06 04:00 Panama - Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya - Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar
25/06 03:00 Shotlandiya - Braziliya
25/06 03:00 Marokash - Gaiti
25/06 06:00 Chexiya - Meksika
25/06 06:00 JAR - Janubiy Koreya

Vlaxovich A Seriyaning boshqa grand klubiga yo‘l olishi mumkin

Vlaxovich A Seriyaning boshqa grand klubiga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Dushan Vlaxovich faoliyatini Italiyaning boshqa grand jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, serbiyalik hujumchiga «Milan» jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Rossonerilar» rahbariyati 26 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha taklif tayyorlamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kelishuv Massimiliano Allegri turinliklar boshqaruvida qolgan taqdirda amalga oshishi ehtimoli yuqori.

Qayd etilishicha, Dushan Vlaxovichning «keksa sinyora» bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. Shu sababli, milanliklar futbolchini erkin agent sifatida bepul qo‘lga kiritishlari mumkin.

Joriy mavsumda Vlaxovich A Seriya doirasida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va bitta golli uzatmani yozib qo‘ydi.

Kiritildi: 10:28, 13.05.2026.
O'qildi: 563 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик