Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» «Yuventus» bilan Yildiz transferi bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi

«Real» «Yuventus» bilan Yildiz transferi bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi vingeri Kenan Yildiz faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya terma jamoasi a’zosini Madridning «Real» klubi o‘z safida ko‘rishni istamoqda. «Qirollik klubi» rahbariyati yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olish ehtimoli past bo‘lsa-da, «keksa sinyora» bilan Yildizni xarid qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi imtiyozli huquqni kelishib qo‘ymoqchi.

Joriy mavsumda 19 yoshli Kenan «Yuventus» safida barcha musobaqalarda 46 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda iqtidorli futbolchi 11 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Yildizning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan. Hozirda uning transfer bozoridagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 10:32, 13.05.2026.
O'qildi: 990 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик