Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

«O‘zimni kechira olmayman»: Roberto Badjo tarixiy xatosini yodga oldi

«O‘zimni kechira olmayman»: Roberto Badjo tarixiy xatosini yodga oldi

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi afsonasi Roberto Badjo 1994 yilgi jahon chempionati finalida Braziliyaga qarshi o‘yinda (penaltilar seriyasida) yo‘l qo‘ygan xatosini yodga oldi. Bu haqda Corriere della Sera nashri xabar bermoqda.

«Hatto bugun ham o‘zimni to‘liq kechira olmayman. Bilaman, bu g‘alati tuyulishi mumkin, chunki futbol xatolardan iborat, ammo o‘sha lahza menga juda qattiq ta’sir qiladi. Boshimni egib turganim ko‘pchilik uchun jahon chempionati finalining ramziga aylanib qoldi. Bu men uchun shunchaki holat emas, balki ichki kechinmalarim edi. Bu Italiya va barcha insonlardan kechirim so‘rashning sukutdagi, balki anglanmagan usuli edi», — deydi Badjo.

Shuningdek, sobiq futbolchi bolalikdagi orzusi haqida to‘xtalib o‘tgan: «Bolaligimda JCH finalida Braziliyaga qarshi o‘ynashni orzu qilardim. Bu eski armon bo‘lib qoldi. O‘shanda nima sodir bo‘lganini tushuntirish men uchun hali ham qiyin».

Badjo braziliyaliklarning o‘sha g‘alabada «samoviy kuchlar» yordam bergani haqidagi qarashlariga ham munosabat bildirdi. «Braziliyada ko‘pchilik buni yuqoridan berilgan belgi deb hisoblaydi, chunki o‘sha voqealardan biroz avval Ayrton Senna vafot etgan edi. Ularning aytishicha, aynan Senna to‘pni to‘sin yuqorisidan o‘tib ketishiga yordam bergan. Bunday narsalar — jumboq va har kimning o‘z qarashiga bog‘liq», — deya qo‘shimcha qildi sobiq yulduz.

Kiritildi: 10:40, 13.05.2026.
O'qildi: 286 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик