Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Marko Materassi Bastonining «Inter»dan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Marko Materassi Bastonining «Inter»dan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Inter» klubi sobiq himoyachisi Marko Materassi Alessandro Bastonining jamoadagi kelajagi va «Barselona»ning unga bo‘lgan qiziqishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, 27 yoshli italiyalik markaziy himoyachi «ko‘k-anorranglilar» safiga o‘tish istagida. Biroq Materassi tajribali futbolchiga Milanda qolishni maslahat bermoqda.

«Bastonining mahorati va jamoa uchun qiymati muhokama qilinmaydi. Garchi bu yil u uchun biroz murakkab kechayotgan bo‘lsa-da, hamma uning haqiqiy «interist» ekanini biladi. Men unga «Inter»da qolishni maslahat beraman», — deya iqtibos keltiradi jurnalist Nikolo Skira Materassining so‘zlaridan.

Ma’lumot o‘rnida, Transfermarkt portali Alessandro Bastonining transfer narxini 70 million yevroga baholagan. Futbolchining Milan grandi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 11:15, 13.05.2026.
O'qildi: 120 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик